YANGI XONADON — YANGI UMIDLAR OSTONASI
2026-08-11 11:35:00 / Yangiliklar
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Amudaryo tumanida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimi Sobir Xo‘jametov tashabbusi bilan tumandagi 49 ta mahallaning har birida bittadan ehtiyojmand oilaning xonadonida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Daryo bo‘yi mahallasida istiqomat qiluvchi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan Nargiza Abdiyeva xonadonidagi ta’mirlash ishlari yakunlanib, xonadon foydalanishga topshirildi.
Tadbirda ramziy tasma qirqilib, xonadon kaliti o‘z egalariga topshirildi. Yangi xonadonda ezgu tilaklar va samimiy duolar yangradi.
Bir xonadon obod bo‘lsa, bir oila qalbiga quvonch kiradi.
Ayni paytda bu kabi xayrli ishlar tumandagi barcha mahallalarda davom etmoqda.



