Sport maktablarida yangi sport inventarlar topshirildi
2026-08-11 11:20:00 / Yangiliklar

Ushbu to‘plamda futbol, voleybol, basketbol, gandbol to‘plari, sport formalari va kiyimlari, boks qo‘lqoplari, stol tennisi va boshqa sport turlari uchun zarur bo‘lgan sport anjomlari jamlangan.
Ushbu sport anjomlari bugungi kunda sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlarimizning sifatli mashg‘ulotlarga, ularning sport mahoratini oshirishga va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga katta imkoniyat yaratadi.
Zamonaviy va sifatli sport jihozlari bilan ta’minlangan sport maktablarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va yosh iste’dodlarni kashf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu esa o‘z navbatida sportni yanada rivojlantirishga va kelajakda yuqori natijalarga erishadigan sportchilarni tayyorlashga xizmat qiladi.


