Nukus shahrida "Nukus Night Run 2026" nomli 5 kilometr masofaga ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi
2026-08-10 11:10:00 / Yangiliklar
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri E.Qutibsev va bir qator mas’ul vakillar ishtirok etib, bunday sport tadbirlarining yurtimizda ko‘plab o‘tkazilishi yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi deb g‘oliblarni tabrikladi.

Yugurish marafonida sportchilar hamda xalq vakillari ishtirok etdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi jismoniy tayyorgarlikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda vatanga sadoqat va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.





