Har bir murojaat e'tibor va mas'uliyat bilan ko‘rib chiqildi
2026-08-06 11:25:00 / Yangiliklar

Qabul davomida 20 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglanib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, murojaatlarning asosiy qismini ijtimoiy himoya, ta'lim, tibbiyot hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar tashkil etdi.
Har bir murojaat yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha mas'ul rahbar va mutasaddilarga aniq topshiriqlar yuklatildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularning ijrosini ta'minlash yuzasidan tegishli idoralarga vazifalar belgilandi.
Shaxsiy qabul davomida fuqarolarni o‘ylantirayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ularning qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda xalq bilan ochiq va samarali muloqotni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Bunday qabullar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.







