Pokiston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan qishloq xo‘jaligi sohasidagi investitsiya istiqbollari muhokama qilindi
2026-08-03 11:25:00 / Yangiliklar

Mazkur delegatsiya qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘p yillik tajribaga ega fermerlardan iborat bo‘lib, tashrifning asosiy maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida kartoshka yetishtirish yo‘nalishidagi investitsiya imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.
Uchrashuv davomida hududdagi kartoshka yetishtirish uchun mavjud yer maydonlari, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, urug‘chilik tizimi, mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash, sug‘orish imkoniyatlari hamda mavjud infratuzilma masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.
Shuningdek, tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish, zamonaviy texnologiyalar asosida kartoshka yetishtirishni rivojlantirish hamda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, investitsiyaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va kelgusida amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


