Taxiatoshda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari R. Zarekeevning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-07-29 09:30:00 / Yangiliklar
Taxiatosh tumani «Shamchiroq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi murojaatlarini tinglash va ularga tezkor yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Ushbu qabul Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari R. Zarekeev boshchiligida hamda tuman hokimligi mas’ullari va soha mutasaddilari ishtirokida o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning bandlik, imtiyozli kredit ajratish, uy-joyni ta’mirlash hamda turar joy qurish uchun yer maydoni ajratish kabi masalalarga oid murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaatchining masalasi individual tartibda o‘rganilib, ijobiy hal qilish bo‘yicha mas’ullarga muddatli vazifalar yuklandi.




