Qo‘ng‘irot tumani yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
2026-07-21 10:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-132 sonli qaroriga asosan, Qo‘ng‘irot tumanini 2025–2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur dastur doirasida Qo‘ng‘irot tumanida yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, aholiga qulay sharoit yaratish va transport tizimini takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda “Qo‘ng‘irot tumani yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan 95V117 “Qo‘ng‘irot shahri – Ravshan Saksovulsoy DFX” avtomobil yo‘lining 3—4-km oralig'ida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu qurilish ishlari yakuniga yetkazilgach, transport qatnovi yanada qulaylashadi, yo‘l harakati xavfsizligi oshadi hamda aholi uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi.


