Nukus tumanida zamonaviy parrandachilik kompleksi ishga tushdi
2026-07-18 17:20:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati hokimi A.Boboyev boshchiligidagi delegatsiya Qoraqalpog‘istonga keldi. Mehmonlarni Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov kutib oldi.
Shundan so‘ng Nukus tumani hududidagi "Inter Agro broylerlar Nukus" korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov, Samarqand viloyati hokimi A.Boboyev, Nukus tumani hokimi Z.Zaytov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni yangi korxona ochilishi munosabati bilan tabrikladi va korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ta’kidlash joizki, umumiy 7 mln. dollar mablag‘ asosida yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan korxonada 40 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, bu korxona asosan tuxum yetishtirishga ixtisoslashgan. Hozirgi kunda tuxum qo‘shni viloyatlarga va xorijga eksport qilinmoqda.




