Qonliko‘l tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash masalalariga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish o‘tkazildi.
2026-07-20 17:10:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov, Respublika prokurori Sh.Aminov, Ichki ishlar vaziri B.Torebekovlar rahbarligida Qonliko‘l tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash masalalariga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan uchrashuvda tumanda rivojlanishdan orqada qolgan g'o‘za maydonlarini sog'lomlashtirish va ularning parvarishini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida sohadagi mavjud holat, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar va ularning oldini olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.
Tadbir yakunida rivojlanishdan orqada qolgan har bir gektar maydonda agrotexnik tadbirlarni qisqa muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha soha mas’ullariga qat’iy topshiriqlar berildi.



