Minsk shahrida Nukus tumani uchun istiqbolli investitsiya loyihalari muhokama qilindi
2026-07-10 09:50:00 / Yangiliklar

Muloqot chog'ida Qoraqalpog'iston Respublikasida, jumladan, Nukus tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari, sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida Nukus tumani sanoat zonasi va Minsk ochiq iqtisodiy zonasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Shundan so‘ng Grodno viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Yuriy Karayev va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri V.Jollibekov, Nukus tumani hokimi Z.Zaytovlar uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar Grodno viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalar to‘g'risidagi bitimni imzoladi. Shu bilan birga o‘tgan yili Nukus tumani va Grodno tumani o‘rtasidagi kelishuv yanada davom etishini bildirdi.
Uchrashuvlar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, investitsiya loyihalarini amaliy bosqichga olib chiqish va hududlar o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida kelgusida ham yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Tashrif davomida Belarus Respublikasi hududida qurilish materiallari ishlab chiqarish, sanoat va boshqa korxonalarida bo‘lib, u erdagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.




