"Inson qadri ustuvor: fuqarolar murojaatlari amaliy yechim topmoqda"
2026-07-09 11:35:00 / Yangiliklar

Qabul davomida uy-joy, kadastr, bandlik, moddiy yordam, ta’lim hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Har bir murojaat qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlarga ijrosi yuzasidan aniq muddatlar belgilangan holda yo‘naltirildi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammo va takliflariga o‘z vaqtida yechim topish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, har bir murojaat alohida nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib borilmoqda.
Bunday qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni o‘ylantirayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda davlat organlariga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishga xizmat qiladi.



