Har bir murojaat nazoratda, har bir inson e'tiborda
2026-07-09 11:25:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Axmedova tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammo va takliflariga yechim topish maqsadida navbatdagi qabuli bo‘lib o’tdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, bandlik, moddiy va tibbiy yordam olish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi ta'kidlandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.







