Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda
2026-06-30 18:50:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan yo‘llangan o‘ndan ortiq murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. qabul davomida asosan quyidagi murojaatlar bildirildi:
* Er uchastkalaridan samarali foydalanish va ajratish;
* Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga moddiy yordam ko‘rsatish;
* Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun imtiyozli bank kreditlari ajratish;
* Uy-joy sharoitlarini yaxshilash va kommunal sohadagi muammolarni hal etish.
Qabul jarayonida har bir murojaat sinchiklab o‘rganildi. Fuqarolarning yer va tadbirkorlik uchun kreditlar ajratish bo‘yicha taklif hamda shikoyatlari yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalar va bank sohasi mutasaddilari ishtirokida huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘p yillik muammolarga qonuniy va ijobiy yechimlar topish choralari ko‘rildi.
Qabul yakunlariga ko‘ra, ijrosi vaqt talab etadigan, qo‘shimcha o‘rganish va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur masalalarni belgilangan muddatlarda hal etish yuzasidan mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbarlariga qat’iy topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.



