Choʻllanishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro ekspertlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2026-06-29 16:25:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining ikki nafar yetakchi xalqaro eksperti Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Shamuratov bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida amalga oshiriladigan dala-tadqiqot ishlarining bosqichlari, qum koʻchishi xavfi mavjud boʻlgan magistral yoʻl atroflarini koʻkalamzorlashtirish va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tashrif davomida xorijiy mutaxassislar va sohaviy olimlardan iborat qoʻshma ishchi guruh tuzilib, ular tomonidan Qoraqalpogʻistonning choʻl zonalarida bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganish ishlari hamda chuqurlashtirilgan tahlillar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad — qum koʻchishining oldini olish, shoʻrlangan tuproqlar unumdorligini oshirish va hududning ekologik barqarorligini taʼminlashda Xitoyning ilgʻor texnologiyalari va tajribasini tadbiq etishdan iboratdir.


