Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlandi
2026-06-29 10:25:00 / Yangiliklar

Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev so‘zga chiqib, bugungi bayram munosabati bilan yig'ilganlarni tabrikladi.
Ta'kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida axborot va so‘z erkinligini ta'minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, soha fidoyilarini munosib rag'batlantirish, aholiga xolis va ishonchli axborotlarni etkazish, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni aholi o‘rtasida keng targ'ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar va yangilanishlarni, ayniqsa "Inson qadri uchun" g'oyasi ostida qilinayotgan ishlarni keng jamoatchilikka etkazish, xalqimiz hayotida uchrayotgan masala va muammolarni o‘rganish, ularga ijobiy echim topish yo‘lida soha xodimlari tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik mehnati yuqori baholanadi.
Ijodkorlarning kasb bayrami munosabati bilan matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasi xodimlariga «Ibratli hayal», «O‘atan pidayыsы» va «Үmit ushqыnы» ko‘krak nishonlari va sovg'alar topshirildi.
Bayram tadbiri madaniyat va san’at xodimlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi va bayram dasturxoni yozildi.









