Xushxabar!
2026-06-20 11:20:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar 75 million so‘m pul mukofoti, mahalla uchun zamonaviy strit-bol va vorkaut maydonchasi hamda noutbuklar bilan taqdirlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlari "Shijoat va g‘ayrat" harbiy-sport musobaqasining O‘zbekiston Respublikasi bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Vatanparvar va shijoatli yoshlarimiz bu yutuqlari uchun tashkilotchilar tomonidan 75 million so‘m pul mukofoti, mahalla uchun zamonaviy strit-bol va vorkaut maydonchasi, tanlovda qatnashgan har bir yoshga alohida noutbuk, shuningdek, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berib, ularni g‘alabaga yetaklagan mahalla yoshlar yetakchisi "Eng yaxshi yoshlar yetakchisi" statuetkasi bilan taqdirlandi.
Yoshlarimizni bugungi g‘alabasi bilan chin dildan tabriklaymiz.

