Bitiruvchi o‘quvchilarga "Davlat auditi oliy maktabi" imkoniyatlari tanishtirildi
2026-06-10 17:15:00 / Yangiliklar
2026-2027 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzurida huquqiy maqomi oliy ta’lim muassasasi fakultetiga tenglashtirilgan "Davlat auditi oliy maktabi" faoliyat boshlaydi.

Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida ta’lim yo‘nalishining imkoniyatlarini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bitiruvchi o‘quvchilar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida soha uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning ahamiyati ta’kidlandi.



