Kelajagimiz egalariga cheksiz mehr va eʼtibor
2026-06-01 18:05:00 / Yangiliklar

Bolalar — hayotimiz quvonchi, xonadonlarimiz fayzi va yurtimiz kelajagidir. Ayniqsa, bayram kunlarida shifo maskanlarida yotgan, alohida parvarishga muhtoj bolajonlarga quvonch ulashish, ularning ko‘nglini ko‘tarish har birimizning insoniy burchimiz hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov Respublika bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan markazda davolanayotgan bolajonlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdilar. Shifoxonada yotgan kichkintoylarning tezroq sog‘ayib ketishlarini tilagan holda, ularga quvonch ulashish maqsadida maxsus bayram sovg‘alari ulashildi.
Tadbir doirasida shifokorlar va ota-onalar bilan ham samimiy suhbat o‘tkazilib, bolalarning sog‘lig‘ini tiklash uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Bu kabi xayrli va e’tiborga loyiq tadbirlar bolajonlarning ruhan tevarak-atrofdan kuch olishiga hamda tezroq oyoqqa turishlariga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Yuzlarida quvonch va umid porlagan bolajonlar hamda ularning ota-onalari ko‘rsatilgan yuksak e’tibor, samimiy g‘amxo‘rlik uchun o‘zlarining cheksiz minnatdorchiliklarini bildirdilar.









