Yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi
2026-05-30 12:25:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, istiqbolli konlarni aniqlash va o‘zlashtirish, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida geologiya-qidiruv va qazib olish yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan memorandum imzolandi. Mazkur hujjat hududning mineral-xomashyo bazasini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
Tomonlar memorandum doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish va sohaning eksport salohiyatini oshirish borasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldilar.



