“Yashil energetika” sohasida xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
2026-05-21 15:45:00 / Yangiliklar

Muzokaralar davomida umumiy qiymati 32,5 million AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur loyihani hududda amalga oshirishning tashkiliy va texnik jihatlari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, ekologik toza yoqilg‘i ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjud salohiyati, xomashyo bazasi va investitsion imkoniyatlari yuzasidan fikr almashilib, biogaz ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda avtomobil yoqilg‘isi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar mazkur loyiha hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida loyiha bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.



