Qoraqalpog'istonga 54 ta zamonaviy elektrobuslar olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishildi
2026-05-20 10:45:00 / Yangiliklar

Safar doirasida delegatsiyamiz jamoat transportlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi yirik Sichuan Zhongzhi Shenghe Performance Co., Ltd. kompaniyasiga tashrif buyurdi.
Kompaniya rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda Qoraqalpog'iston Respublikasi uchun Xitoydan 54 ta elektrobus va ular uchun zaryadlash uskunalarini etkazib berish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish, ekologik toza transport vositalarini joriy etish hamda transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlar o‘rtasida umumiy qiymati 10 mln AQSh dollarlik loyihani amalga oshirish, jumladan, 54 ta elektrobus va zaryadlash uskunalarini 2026 yil 1 avgustga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasiga etkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.





