Zararli illatlarga qarshi kurash — barchamizning vazifamiz
2026-05-20 10:35:00 / Yangiliklar

Tadbirlar davomida Respublika ishchi guruhi a’zosi I.Choriyev hamda mutasaddi tashkilotlar, ta’lim muassasalari vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda soha mutaxassislari tomonidan giyohvandlikning jamiyat va inson salomatligiga salbiy ta’siri haqida atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi. Ayniqsa, yosh avlodni yot g‘oyalar va zararli odatlardan himoya qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbirlarda sog‘lom turmush tarzi, sport va kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ma’naviyat va daxldorlik ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida urg‘u berildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlar orasida giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va mafkuraviy immunitetini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.








