Agrar sohada xalqaro hamkorlik kengaymoqda: yangi investitsion loyihalar muhokama markazida
2026-05-14 10:35:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirish, yuqori hosildor navlarni joriy etish, zamonaviy sug‘orish va agrotexnik usullarni qo‘llash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar. Ayniqsa, kartoshkachilik yo‘nalishida eksportbop va hosildor navlarni hudud iqlimiga moslashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, chorvachilikni rivojlantirish, naslli chorva bosh sonini ko‘paytirish, ozuqa bazasini mustahkamlash hamda qayta ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqbolli takliflar bildirildi. Pokistonlik investorlar hududning qishloq xo‘jaligi salohiyati, mavjud imkoniyatlari va davlat tomonidan yaratilayotgan qulay investitsion muhitni yuqori baholadilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda agrar sohada yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


