Muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi
2026-05-14 10:30:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Axmedova aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarga yechim topish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy yordam, uy-joy, kommunal xizmatlar hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida ularni hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha vaqt va o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi. Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning taklif hamda tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday qabullar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.






