Aholi murojaatlari e’tibor markazida
2026-05-06 20:20:00 / Yangiliklar

Fuqarolar tomonidan asosan uy-joy, bandlik va ijtimoiy yordam masalalari bilan bog‘liq murojaatlar ko‘tarildi. Mas’ul rahbarlar va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan qabul jarayonida murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilandi.
Shuningdek, murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berilib, ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Har bir murojaat alohida nazoratga olinib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bunday qabullar aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.





