Aholi murojaatlari tinglanib, muammolar yechimi nazoratga olindi
2026-05-02 11:50:00 / Yangiliklar

Fuqarolar tomonidan uy-joy, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar, ijtimoiy yordam hamda infratuzilma bilan bog‘liq murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilotlar ishtirokida batafsil o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Qabul davomida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt va o‘rganish talab qiladigan masalalar tegishli tartibda nazoratga olindi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borilgani aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bunday qabullar xalq bilan yaqin muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning samarali yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.




