Taxtako‘pir tumanida "Yoshlar markazi" binosi foydalanishga topshirildi
2026-04-29 10:00:00 / Yangiliklar
Muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Taxtako‘pir tumani markazida zamonaviy ko‘rinishdagi yoshlar markazi binosi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

Bugun yangi binoning ochilish marosimi o‘tkazilib, tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi M.Atamuratov, tuman hokimi J.Adilov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ishlari boshqarmasining boshlig‘i P.Maxsetbayev va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Umumiy 5 mlrd. 321 mln. so‘m mablag‘ asosida qurilgan binoda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun «Book kafe», «Zakovat» klubi, shaxmat-shashka, chet tillari va matematika fanlarini o‘qitish markazlari tashkil etilib, yoshlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.
