Iqtisodiy rivojlanishda yangi bosqich: xorijiy investorlar bilan muzokaralar
2026-04-25 12:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, tog‘-kon sanoati, energetika, yo‘l va transport infratuzilmasi, “aqlli shahar” texnologiyalari hamda turizm sohalarida istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar jarayonida xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay investitsiya muhiti, mavjud imtiyoz va preferensiyalar, shuningdek, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Investorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar ham alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida erishilgan kelishuvlar va ilgari surilgan tashabbuslar kelgusida aniq amaliy loyihalar orqali o‘z ifodasini topishi kutilmoqda. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni tizimli ravishda rivojlantirish, investitsiyaviy jarayonlarni jadallashtirish hamda hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish borasida qat’iy niyat bildirdilar. Mazkur muloqot esa yangi loyihalar uchun mustahkam zamin yaratib, uzoq muddatli va barqaror sheriklikni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.




