"Destination Karakalpakstan 2026" forumi o‘tkazildi
2026-04-24 11:25:00 / Yangiliklar

Tadbirning ochilishida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov, Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Zarikeev so‘zga chiqib, tadbir ochilishi munosabati bilan yig'ilganlarni tabrikladi.
Ta'kidlanganidek, so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan turizmni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Ana shunday yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida yurtimizning turizm salohiyati yanada ortib, xorijlik mehmonlarning yurtimizga bo‘lgan qiziqishi ortmoqda.
O‘tkazilgan forumda shunday chora-tadbirlar qayd etildi va forum davomida mintaqamizda turizm tuzilmasini rivojlantirish, yangi turistik mahsulotlarni shakllantirish va xalqaro turizm bozoriga keng kirib borish masalalari muhokama qilindi.






