Aholi murojaatlari — e’tibor markazida
2026-04-11 10:20:00 / Yangiliklar

Qabul davomida jami 27 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ularning aksariyati joyida o’zining ijobiy yechimini topgan bo’lsa, yechimi vaqt talab qiluvchi murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi va tegishli tashkilotlarga muddat belgilanib, ijro uchun yo‘naltirildi. Aholi tomonidan asosan uy-joy, bandlik, kadastr masalalari, ichki yo’llarni ta’mirlash, ijtimoiy yordam, infratuzilma masalalari, bank kredit hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan har bir murojaat alohida nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.
Bunday ochiq muloqotlar fuqarolar bilan bevosita aloqani mustahkamlash, ularning ishonchini oshirish hamda hududdagi dolzarb muammolarni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.



