Ellikqal’a tumanida yangi maktab foydalanishga topshirildi
2026-04-09 10:20:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan “Ixlos” mahallasida yangi 75-sonli umumta’lim maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlov tashkiliy guruhi a’zolari, faxriy mehmonlar, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Mazkur maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qarori asosida bunyod etildi. Umumiy qiymati 9 milliard 900 million so‘mni tashkil etuvchi ushbu ta’lim maskani 220 o‘ringa mo‘ljallangan.
Zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan mazkur maktabda o‘quvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Ushbu ezgu ishlar yosh avlodga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasidir.




