Xorazm viloyatida sportning karate turi bo‘yicha umumjahon karate "WASKF" bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
2026-04-09 10:05:00 / Yangiliklar
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ham sportchilarimiz ishtirok etib, yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Jumladan, Respublikamiz terma jamoasidan 48 nafar sportchi qatnashib, 22 ta oltin, 8 ta kumush va 11 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, ushbu musobaqada faxriy sportchilar yakkalik kumite yo‘nalishi bo‘yicha qatnashib, yaxshi natijalarga erishdi.



