PRESS-TUR BO‘LIB O‘TDI
2026-04-08 16:15:00 / Yangiliklar

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad ist'emolchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Ushbu masalalarga qiziqish bildirgan OAV vakillari Taxiatosh tumanida joylashgan filial tasarrufidagi temir-beton buyumlari sexi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Bu yerda hududda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi modernizatsiya-rekonstruktsiya jarayoyenlari uchun nihoyatda zarour bo‘lgan 3 hildagi temir-beton tayanchlari, fundament bloklari, traverslar va boshqa maxsulotlar ishlab chiqarilmoqdaBundan so‘ng ular tumanda amalga oshirilayotgan tarmoqlarni yangilash ishlarini bilan tanishdilar. Bu yerda ular filialning mas'ul xodimlari, tuman elektr ta'minlovchi rahbarlari va xodimlari, shuningdek aholi vakillari bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

