QDUda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-04-04 09:25:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbir yoshlar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy sohada bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Vladimir Jollibekov ishtirok etdi. Tadbirni Iqtisodiyot fakulteti dekani Kishibay Kudiyarov olib bordi.
Muloqot davomida Vladimir Jollibekov mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, investitsiya muhitini yaxshilash va tashqi savdo aloqalarini kengaytirish borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u yosh mutaxassislarning bu jarayonlardagi o‘rni, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, investitsiya, biznesni rivojlantirish va xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘yicha zarur tavsiyalar oldi.




