"Sharq gavhari-2026" Xalqaro Ijodiy Tanlovida Ellikqal’a tumani 23-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egalladi
2026-03-31 19:20:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 26-29-mart kunlari Buxoro shahrida "Sharq gavhari-2026" Xalqaro Ijodiy Tanlovi o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 23-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egallashdi.
Jumladan:
"Baxshichilik" yo‘nalishi o‘quvchisi Soburbayev Fazliddin Grand Prix Turkiya va Ozarbayjon davlatiga yo‘llanma;
"An’anaviy xonandalik" yo‘nalishi o‘quvchisi Baxrambayev Saidbek Grand Prix Turkiya va Ozarbayjon davlatiga yo‘llanma;
Xalq cholg‘ulari bo‘limi "Qashqar Rubob" sinfi o‘quvchisi Bozorboyev Raximjon I darajali diplom va oltin medal;
An’anaviy xonandalik yo‘nalishi o‘quvchisi Ataxanov Sarvarbek I darajali diplom va оltin medal;
An’anaviy xonandalik yo‘nalishi o‘quvchisi Azimboyev Bexruzbek II darajali diplom va kumush medal bilan taqdirlandilar.
