Beruniylik yoshlarning taklif va muommolari o'rganildi
2026-03-27 09:15:00 / Yangiliklar

Har haftaning payshanba kunini “Yoshlar kuni” deb belgilashi ushbu kunda barcha rahbarlar yoshlar bilan uchrashgan holda, ularning murojaatlarini joyida o'rganishi va hal qilishi belgilangan bo'lib, bugun Beruniy tumani yoshlari bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F.Ermanovning uchrashuvi bo'lib o'tdi. Dastlab davlatimizda yoshlarga yaratilayotgan imtiyozlar o'qib eshittirildi.
Hududda rahbarlarga biriktirilgan yoshlar bilan suhbatlashdi, ularning taklif va fikrlari tinglandi. Beruniy tumanida 50.563 nafar yoshlar xatlov natijasida mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan aniqlangan. Shundan, 532 nafar ishsiz yoshlar tuman darajasidagi 37 ta tashkilot rahbarlariga ro'yxat asosida biriktirilgan. Ular bilan manzilli ishlash, doimiy ishga joylashtirish, muommolarini o'z vaqtida hal qilish bo'yicha rahbarlarning amaliy ishlari ko'rib chiqildi va kamchiliklarga yo'l qo'ygan rahbarlar qat'iy ogohlantirildi.
Bugungi kungacha rahbarlarga biriktirilgan yoshlardan 164 nafarining bandligi ta'minlangan bo'lib, rasmiy migratsiyadagi yoshlar bilan doimiy aloqalar o'rnatilgan. Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari o'rganildi. Respublika darajasidagi rahbarlarga aniqlangan masalalarni qisqa vaqt ichida hal qilish bo'yicha topshiriqlar berildi.









