Mo‘ynoq tumanida press-tur
2026-03-19 19:50:00 / Media tadbirlar
Press-tur ishtirokchilari Mo‘ynoq tumaniga yetib keldi. Dastlab ular tumandagi 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, bolalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir davomida mehmonlar tashkilotda o‘tkazilgan Navro‘z saylida ham ishtirok etib, milliy qadriyatlarimiz, quvonch va bayramga xos muhitdan katta taassurotlar oldi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tumandagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi.





