Tashqi reklama va axborot obyektini o‘rnatmoqchimisiz? Pasportni qanday olish mumkin?
2026-03-19 19:40:00 / E'lon

Pasport nima uchun kerak?
Tashqi reklama va axborot obyektlarini (peshlavha yoki avtotransportdagi reklama) o‘rnatish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son va 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori talablariga muvofiq faqat reklama joyi pasporti asosida amalga oshiriladi.
Pasport my.gov.uz elektron davlat xizmatlari portali orqali rasmiylashtiriladi.
Rasmiylashtirish bosqichlari
1. my.gov.uz portaliga kirish va ONE ID orqali shaxsiy kabinetga kiring.
2. Xizmat turini tanlash
a) Xususiy mulk uchun reklama joyi pasporti
Ariza quyidagilar asosida to‘ldiriladi:
Arizachi (jismoniy/yuridik shaxs) ma’lumotlari
Reklama o‘rnatiladigan manzil
Quyidagi hujjatlar yuklanadi (PDF/JPEG):
Reklama loyihasi (eskiz, dizayn, o‘lchamlar, texnik tavsif)
Mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat
Joyning 3–4 rakursdan olingan fotosuratlari
Ko‘p kvartirali uy bo‘lsa — mulkdorlar yig‘ilishi bayoni
Boshqa shaxs mulki bo‘lsa — rozilik xati va ijara shartnomasi 🕜 Ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni
Eslatma: Pasportning amal qilish muddati — ijara muddati tugagunicha beriladi.
b) Avtotransport vositasi uchun reklama joyi pasporti
Arizada ko‘rsatiladi:
Arizachi ma’lumotlari
Transport vositasi ma’lumoti
Quyidagilar yuklanadi:
Reklama eskizi (to‘rt tomondan ko‘rinish)
Transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi seriya/raqami
Davlat raqami
Ko‘rib chiqish muddati: 5 ish kuni.
3. To‘lovni amalga oshirish
Davlat xizmati uchun — BHMning 1 baravari.
Xususiy mulkdagi 1 kv.m dan ortiq peshlavhalar uchun — BHMning 5-15 foizgacha hududlardan kelib chiqib (ekonomik zonaga qarab koeffitsiyent qo‘llanadi).
Avtotransport vositalaridagi reklama uchun — toifasiga qarab yillik yig‘im to‘lovi.
Asos: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari.
To‘lovni Payme, Click va boshqa tizimlar orqali amalga oshirish mumkin.
4. Qaror qabul qilinadi
Tasdiqlansa: QR-kodli pasport shaxsiy kabinetga yuboriladi.
Rad etilsa: rad etish sabablari asoslantirilgan holda ko‘rsatiladi.
5. Reklama obyektini o‘rnatish
Faqat pasportda ko‘rsatilgan shartlar asosida
Qonuniy va texnik me’yorlarga to‘liq rioya qilgan holda
Muhim eslatmalar
Pasportsiz reklama o‘rnatish — jarimaga sabab bo‘ladi
Talablarga rioya qilinmasa, pasport bekor qilinishi mumkin
Har bir reklama obyektining dizayni, xavfsizligi va hudud me’yorlariga mosligi majburiy
Agarda arizangizga rad javobi berilgan bo‘lsa, 5 ish kuni ichida qayta murojaat qilsangiz bepul amalga oshiriladi
Arizalarni asossiz rad etilishi:
Adliya organlari va Biznes ombudsmanga murojaat qilishingiz mumkin natijada asossiz rad etgan vakolatli organga nisbatan maʼmuriy javobgarlik hamda ariza berishdagi davlat xizmati uchun belgilangan to‘lov qaytariladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (MJtK) 215 prim 5 va boshqa, Vazirlar Mahkamasining 20.02.2020 yildagi 104-son 7-ilova 3-bob, 17.12.2025 yildagi 792-son qarori 2-ilovasi.
Manbalar
my.gov.uz
lex.uz
