Fuqarolar murojaatlari e’tiborda: muammolarga amaliy yechimlar berilmoqda
2026-03-19 19:05:00 / Yangiliklar
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov tomonidan fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Qabul jarayonida jami 11 ta murojaat ko‘rib chiqilib, har bir murojaat egasining muammosi atroflicha tinglandi va o‘rganildi.

Murojaatlarning asosiy qismini uy-joy bilan ta’minlash, bandlik masalalari hamda turli ijtimoiy muammolar tashkil etdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan mas’ullar ishtirokida batafsil muhokama olib borildi.
Qabul davomida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa tegishli tashkilot va idoralarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning dard-u tashvishlarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda hayotiy muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.







