Bayram arafasida yo‘llar yangilanmoqda
2026-03-19 09:50:00 / Yangiliklar
Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi D238 (4R181) “A380 avtomobil yo‘li (717-km) – Qipchoq pristani – Mang‘it shahri – Toshhovuz shahri – Turkmaniston Respublikasi chegarasi” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining 17–20-km qismida asfaltlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar Amudaryo tumani aholisi uchun muborak Ramazon hayiti va Navro‘z bayramlari arafasida munosib sovg‘a bo‘lmoqda.
Yo‘llarning ravon va sifatli bo‘lishi aholiga qulaylik yaratish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda infratuzilmani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bunday bunyodkorlik ishlari, shubhasiz, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.



