Hududlarda aholi murojaatlari o‘rganildi va amaliy choralar belgilandi
2026-03-17 19:00:00 / Yangiliklar

Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Yusupov Xo’jayli tumanida, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari A.Allanazarov Chimboy tumanida bo’lib aholi murojaatlarini tingladi.
Bo’lib o’tgan sayyor qabullarning har birida fuqarolar tomonidan 10 ga yaqin murojaatlar bildirildi. Ushbu murojaatlar ijtimoiy, iqtisodiy, qurulish hamda huquqiy masalalarni qamrab oldi. Bildirilgan har bir murojaat yuzasidan tegishli tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, zudlik bilan hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar joyida bartaraf etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa mas’ullar nazoratiga olindi.
Sayyor qabullar jarayonida aholining turmush sharoitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, infratuzilmani rivojlantirishga oid qator taklif va mulohazalar bildirildi. Ushbu takliflar asosida aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi belgilandi.
Mazkur uchrashuvlar fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning ishonchini mustahkamlash hamda mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etishga xizmat qilmoqda.








