Aholi murojaatlari e’tibor markazida
2026-03-17 10:20:00 / Yangiliklar

Mazkur sayyor qabulda Amudaryo tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Go‘zal Saburova, tegishli tashkilot va muassasalar mas’ullari hamda mahalla faollari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladilar.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joyni ta’mirlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit olish, doimiy ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya masalalari, moddiy yordam ajratish hamda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha davolanish uchun amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.





