Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026-03-17 10:10:00 / Yangiliklar
Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanovning mahallalardagi o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan Vazirlar Kengashining kichik majlislar zalida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlarimizning muammolari, taklif va fikrlari tinglandi.

Yoshlarimiz oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotganligi, shuning uchun o‘qishning kontrakt pullarini to‘lashda, repetitorga tayyorlanish uchun sharoit yaratib berishda hamda o‘zlarining bandligini ta’minlashda amaliy yordam berishini so‘radi.
Bildirilgan masalalar yuzasidan Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan tegishli soha rahbarlariga alohida ko‘rsatmalar berib o‘tdi va yoshlar muammolarining ijobiy hal etilishi bo‘yicha shaxsan o‘zi nazoratga olganligini ma’lum qildi.
Shuningdek, yoshlarimiz orasidan Madaniyat sohasiga qiziquvchi Jaras Jalg‘asbayevga "dutor" cholg‘u asbobini sovg‘a qildi va u o‘zining ijodi xalq dostonlaridan qisqacha aytib berdi.





