Sanoat sohasida investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-03-04 20:35:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida hududda sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar muhokama etildi.
Uchrashuvning asosiy yo‘nalishlari sifatida tuzni qayta ishlash va metallurgiya sanoatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xitoylik investorlar tomonidan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda mahsulotlarni chuqur qayta ishlash orqali yuqori qo‘shimcha qiymat yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Vazirlar Kengashining Raisi o‘z navbatida hududda investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, mavjud infratuzilma imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, investitsiya loyihalarini tezkor va samarali amalga oshirish yuzasidan amaliy hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.


