Nukus shahrida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.
2026-03-04 10:30:00 / Yangiliklar

Ishchi guruh tomonidan:
🔹Nukus shahridagi Do'stlik uyida joylashgan 5 ta milliy madaniy markazlar (turkman, rus, qozoq, ukrain, koreys) faoliyati bilan yaqindan tanishildi;
🔹 Ushbu markazlar tomonidan milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yosh avlodni millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi;
🔹 Markazlarning moddiy-texnik bazasi, ijodiy jamoalari, to‘garaklar faoliyati hamda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasidagi tajribasi ko‘zdan kechirildi;
🔹 Milliy madaniy markazlar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hududlarda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.




