Fuqarolar murojaati diqqat markazida
2026-02-25 09:50:00 / Yangiliklar
Shumanay tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari B.O‘temuratov boshchiligida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Unda, Shumanay tumani hokimining o‘rinbosari A.Bekmuratov, muassasa, korxona va tashkilot boshliqlari, hudud aholisi ishtirok etdi.
Qabul davomida bandlik, ijtimoiy himoya, infratuzilmani rivojlantirish va mahalliy hududlarga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, ijrosi vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilot mutasaddilariga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarning har bir murojaati puxta o‘rganilib, ularni hal etishda ochiqlik, shaffoflik, tezkorlik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya qilinishi ta’kidlandi.






