#Press_tur
2026-02-23 10:25:00 / Media tadbirlar

Press-tur davomida jurnalistlar chigitni yuqori sifat ko‘rsatkichlariga mos ravishda tayyorlash, uni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, hosildorlikni oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion texnologiyalar jarayoni bilan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan urug‘lik tayyorlash bosqichlari, zamonaviy uskunalar imkoniyatlari hamda agrotexnik talablarga qat’iy rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi...
.Shuningdek, issiqxona xo‘jaliklarida yil davomida barqaror hosil yetishtirish, eksportbop mahsulot hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar taqdim qilindi. Zamonaviy issiqxonalarda energiya tejamkor texnologiyalar, tomchilatib sug‘orish tizimi va yuqori hosildor navlardan foydalanilayotgani alohida ta’kidlandi.
Mazkur press-turda Oʻzbekiston telekanali, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, hamda Qoraqalpogʻiston teleradiokanali jurnalist va muxbirlari ishtirok etib, tumanda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida OAV vakillari tomonidan soha mutaxassislariga savollar berilib, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, hosildorlikni oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish borasidagi kelgusi rejalar muhokama qilindi.









