Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
2026-02-21 10:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kotibiyat boshlig‘i B.Aytimbetova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sudi sudyasi M.Dawmenova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi bo‘lim prokurori L.Seytova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlashish bo‘limi boshlig‘i H.Reymkulova va Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining ma’sul xodimlari tomonidan nizoli oilalarni yarashtirish, ajrimlarning, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta nikohning oldini olish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazilib, unda fuqarolarning turli huquqiy masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, ularga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi va ayrim muammolarning yechimi bo‘yicha amaldagi qonunchilik asosida joyida choralar ko‘rildi.









