Xitoy davlatining "Shenzhen Anxun Technology Co. Ltd." kompaniyasi bilan Sun’iy intellekt ma’lumotlar markazini qurish bo‘yicha shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
2026-02-07 16:20:00 / Yangiliklar

Shartnomaning asosiy maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashil energiya ishlab chiqarish, yuqori samarali energiya saqlash tizimlari va yangi avlod hisoblash markazi (Data Centre) yaratish hisoblanadi.
Loyiha quyida ko‘rsatilgan uch bosqichdan iborat bo‘lib, 2026-2028 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
a) fotoelektr stansiyalarini qurish;
b) energiyani saqlash tizimlarini ishga tushirish va hisoblash markazini bosqichma-bosqich kengaytirish;
v) to‘liq ishlab chiqarish quvvatiga erishish va xalqaro hisoblash xizmatlari bozoriga chiqish.
Birinchi bosqichda $115 mln miqdorida investitsiya kiritish ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy investitsiya hajmi uchinchi bosqich qamroviga qarab 450 mln dollarga yetishi mumkin.
Ma’lumot uchun: 2016 yilda tashkil etilgan, Shenchjen shahrida joylashgan "Shenzhen Anxun Technology Co. Ltd." kompaniyasi sun’iy intellekt, hisoblash quvvati, kiberxavfsizlik va maxsus ASIC (Samsung) chiplarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Xitoyning milliy yuqori texnologik korxonalaridan hisoblanadi.


