Amudaryo tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
2026-02-03 11:10:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida yoshlarga ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, kasb-hunar o‘rganish, grant va imtiyozli kreditlar, startap loyihalar, xorijda ta’lim olish va ish bilan ta’minlash kabi yo‘nalishlarda davlat tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaldagi dastur va tashabbuslarni tushuntirib, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.
Eng muhimi, uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar va yangi takliflar yuzasidan rahbarlarga bevosita murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldi. Bildirilgan masalalarning aksariyati joyida ko‘rib chiqilib, tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishga undash hamda davlat va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.








